Tennis

Maftunkor Kamila Monrealda tengsiz bo’ldi

234

“Premera” turkumiga kiruvchi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi. WTA reytingida 71-pog’onadan joy olib turgan italiyalik tennis malikasi Kamila Jorji sayyoramizning oltinchi raketkasi, chexiyalik Karolina Plishkovani 6/3, 7/5 hisoblarida mag’lub etishning uddasidan chiqdi. 

Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli Jorji 7 ta, Plishkova esa 4 ta eys zarbasini amalga oshiradi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida hamon chexiyalik tennischi oldinda bormoqda – 5:3. National Bank Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Jorjiga 900 reyting ochkosi hamda 221,500 dollar mukofot puli keltirdi.

Fikr bildirish