Tennis

Magdalena Fresh Konkordda tengsiz bo’ldi

232

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 153-raketkasi bo’lib turgan Magdalena Fresh g’alaba qozonib, bosh sovrin sohibasiga aylandi. Polshalik tennischi 2 soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingida 137-pog’onadan joy olgan meksikalik Renata Zarazuadan ustun keldi – 6/3, 7/6(4).

Magdalena uchrashuv davomida 5 ta eys zarbani amalga oshirdi. Renatada esa bu ko’rsatkich nolga teng bo’ldi. Konkorddagi muvaffaqiyatli ishtirok Freshga 15,000 dollar mukofot puli hamda 160 reyting ochkosi taqdim etdi.

Fikr bildirish