Tennis

Margarita Gasparyan Kostyukka yutqazdi

93

Gasparyan kvalifikaciyaning birinchi davrasida ukrainalik Marta Kostyukka 4/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo’ydi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 98-raketkasi bo’lib turgan 26 yoshli Margarita 1 ta, reytingning 77-pog’onasidan joy olgan 18- yoshli Marta esa 2 ta eys zarbani amalga oshirdi. 

Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Kostyuk Mutua Madrid Open turnirining asosiy davrasiga chiqish uchun latviyalik Anastasiya Sevastova yoki bolgariyalik Cvetana Pironkovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish