Tennis

Mayami. Iga Svyontek – Naomi Osaka. Final uchun Prevyu

331

Mayamidagi WTA-1000 turniri finalida sayyoramizning bo’lajak birinchi raketkasi polshalik Iga Svyontek va “Katta Dubulg’a” turkumiga kiruvchi turnirlarning to’rt karra chempioni, yaponiyalik Naomi Osaka o’zaro bahs olib borishadi. Ushbu uchrashuv murosasiz o’tishi taxmin qilinmoqda. Bunga bir nechta sabablar bor. Quyida ularni ko’rib chiqamiz.

Mubolag’asiz, Svyontekni 2022 yilgi mavsumning eng yaxshi tennischisi deyish mumkin. U yilni Adelaida va Avstraliya Ochiq chempionatining yarim finaliga etib borish bilan boshladi. Iga kurashni erta tark etgan yagona turnir Dubaydagi musobaqa bo’ldi. U erda u ikkinchi davrada Elena Ostapenkoga yutqazdi. Ammo o’shandan keyin tennischi ketma-ket WTA-1000 tasnifiga kiruvchi ikkita turnirda chempionlikni qo’lga kiritdi – Doha va Indian-Uellsda.

Bir qator g’alabalar polshalik tennischini WTA reytingida etakchilik uchun kurashda Eshli Bartining asosiy raqobatchisiga aylantirdi. Biroq, Barti 25 yoshida karerasini kutilmaganda  yakunlaganidan so’ng, Svyontek jahonning birinchi raketkasi bo’lishi uchun Mayamidagi bitta o’yinda g’alaba qozonishi kifoya edi.

Iga esa bundan ham ko’prog’ini amalga oshirdi. U ketma-ket uchinchi WTA-1000 tasnifiga kiruvchi turnir finaliga chiqdi, g’alabali seriyasi esa 16 ta o’yinga etdi va u amerikancha dublga, yani Indian-Uells va Mayami turnirlarini yutishga yaqin turibdi. Bungacha faqat SHteffi Graf, Kim Kliysters va Viktorii Azarenkogina buni uddalashgan. Polshalik tennischi 4 aprel kuni elon qilinadigan yangilangan WTA reytingida jahonning birinchi raketkasiga aylanadi.  

Mayami. Iga Svyontek - Naomi Osaka. Final uchun Prevyu

Iga Svyontek. Finalga yo’l

Ikkinchi davra: Iga Svyontek – Viktoriya Golubich – 6/2, 6/0
Uchinchi davra: Iga Svyontek – Medison Brengl – 6/0, 6/3
Nimchorak final: Iga Svyontek – Kori Goff – 6/3, 6/1
CHorak final: Iga Svyontek – Petra Kvitova – 6/3, 6/3
Yarim final: Iga Svyontek – Jessika Pegula – 6/2, 7/5

2021 yilgi mavsumni ancha erta yakunlagan Naomi Osaka Melburndagi turnirda kortga qaytdi, biroq jarohati sabab yarim final uchrashuvini o’tkaza olmadi. 2022 yilning boshida u Avstraliya Ochiq chempionatida chempionlik unvonini himoya qilishi kerak edi, ammo uchinchi davrada  kutilmaganda Amanda Anisimovaga mag’lub bo’ldi.

Qisqa tanaffusdan so’ng, yaponiyalik tennischi Indian-Uellsdagi musobaqaga qaytdi, ammo ikkinchi davrada Veronika Kudermetovaga yutqazdi.

Bu Osakaning Mayami turniriga yanada kuchliroq bo’lib qaytishiga to’sqinlik qilolmadi. Uning “Katta Dubulg’a” turnirlarining uch karra chempioni Anjelik Kerber, Australian Open finalchisi Daniell Kollinz va Olimpiada chempioni Belinda Benchich ustidan qozongan g’alabalari ayniqsa hayratlanarli bo’ldi.

Naomi Australian Open – 2021 turnirida g’alaba qozonganidan beri birinchi marta finalga chiqdi va faoliyatidagi sakkizinchi chempionlik uchun kurash olib boradi. Yana bir qiziq jihat, u Mayamidagi turnirning eng past reytingli finalchisiga aylandi.

Naomi Osaka. Finalga yo’l

Birinchi davra: Naomi Osaka – Astra SHarma – 6/3, 6/4
Ikkinchi davra: Naomi Osaka – Anjelik Kerber – 6/2, 6/3
Uchinchi davra: Naomi Osaka – Karolina Muxova – otkaz
Nimchorak final: Naomi Osaka – Elison Riske – 6/3, 6/4
CHorak final: Naomi Osaka – Daniel Kollinz – 6/2, 6/1
Yarim final: Naomi Osaka – Belinda Benchich – 4/6, 6/3, 6/4

Mayami. Iga Svyontek - Naomi Osaka. Final uchun Prevyu

O’zaro qarama-qarshiliklar tarixi

Sportchilar shu vaqtga qadar o’zaro bir marotaba to’qnash kelishgan. Ushbu bahs 2019 yilda Torontodagi turnirda bo’lgan. Uchrashuv Osakaning 7/6, 6/4 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlangan. O’shanda Naomi sayyoramizning birinchi raketkasi edi, Iga esa Turdagi faoliyatini endigina boshlagan edi. Oradan 3 yil o’tib ular yana o’zaro to’qnash kelishmoqda. Bu safar “Masters” turniri finalida. Demak, Svyontekda o’rtadagi hisobni tenglashtirish imkoni bor. 

Svyontek ayni vaqtda ajoyib sport formasida, lekin finalda tobora kuchayib borayotgan Osaka bilan uchrashadi. Ularning ikkalasi ham yuqori saviyada o’ynashadi, shuning uchun uchrashuv qiziqarli bo’lishini vada qilinmoqda.

Naomi Kollinzga qarshi o’yinda 13 ta eys va Benchichga qarshi uchrashuvda 18 ta eys zarbasini amalga oshirib, Barti tomonidan o’rnatilgan mavsum rekordini yangiladi. 

Aslida ikkala tennischi ham haqiqiy chempionlar, ammo Svyontekning ayni vaqtdagi formasini ham etiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Murosasiz o’tishi kutilayotgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Fikr bildirish