Tennis

Monte-Karlo. Alkaraz – Korda o’rtasidagi murosasiz uchrashuv 3 soat davom etdi

153

Mayami “Masters”i g’olibi, ispaniyalik Karlos Alkaraz turnirning 1/16 final bosqichida amerikalik Sebastyan Kordaga qarshi kortga chiqdi. 

3 soatu 4 daqiqa davom etgan murosasiz uchrashuvda g’olib 3 set natijasiga ko’ra aniqlandi. O’yinda dastlabki 2 set g’olibi tay-brekda aniqlandi. Birinchi setda Korda raqibini 7/6 hisobida mag’lub etgan bo’lsa, ikkinchi setda omad Alkarazga kulib boqdi – 7/6. Hal qiluvchi uchinchi setda esa Korda raqibini 6/3 hisobida mag’lub etib, turnirning 1/8 finaliga yo’l oldi. Umumiy hisob 7/6, 6/7, 6/3. 

SHu tariqa 18 yoshli Alkaraz turnirni tark etdi. 21 yoshli Kordaning turnirdagi navbatdagi raqibi hali nomalum. 

Malumot uchun Karlos, Alkaraz jahonning 11-raketkasi hisoblanadi. Sebastyan Korda esa ATR reytingida 42-o’rinni egallab turibdi.

Monte-Karlo. Alkaraz - Korda o'rtasidagi murosasiz uchrashuv 3 soat davom etdi Monte-Karlo. Alkaraz - Korda o'rtasidagi murosasiz uchrashuv 3 soat davom etdi Monte-Karlo. Alkaraz - Korda o'rtasidagi murosasiz uchrashuv 3 soat davom etdi Monte-Karlo. Alkaraz - Korda o'rtasidagi murosasiz uchrashuv 3 soat davom etdi Monte-Karlo. Alkaraz - Korda o'rtasidagi murosasiz uchrashuv 3 soat davom etdi

Fikr bildirish