Futbol

“Neftchi”ning Superligada gegemonlik qilgan vaqtida jamoasining chin manoda etakchilaridan biriga aylangan Aziz Alijonovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o’tishni xojati bo’lmasa kerak.

193



 “Neftchi”ning Superligada gegemonlik qilgan vaqtida jamoasining chin manoda etakchilaridan biriga aylangan Aziz Alijonovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishni xojati bo'lmasa kerak.

Moskvada malaka oshirib kelgan “Neftchi”ning sadoqatli sobiq futbolchisi yoxud Aziz Alijonovning futbolchilik va murabbiylikdagi ko’rgan kechirganlari

Teglar : 
intervyuAziz AlijonovYuriy SarkisyanNeftchi
“Neftchi”ning Superligada gegemonlik qilgan vaqtida jamoasining chin manoda etakchilaridan biriga aylangan Aziz Alijonovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o’tishni xojati bo’lmasa kerak.

“Neftchi” tarkibida yorqin o’yinlari bilan mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Alijonov uzoq yillar davomida o’ng qanot yarim himoya chizig’idagi joyini raqobatda hech kimga yutqazmasdan keldi. Qolaversa Aziz Alijonov futbolchilik faoliyatini “Neftchi”da boshlab, ushbu jamoada yakunlagan kam sonli o’yinchilar qatoriga kirishi bilan ham ko’pchilikning etiborini o’ziga tortadi. Butsalarini mixga ilib, murabbiylik sohasida faoliyat yuritishni maqsad qilgan Alijonov hammasini pastdan boshlashga eng shimarib kirishdi. Bolalar futbolida malum muddat ishlab, o’zi uchun yangi bo’lgan yo’nalishda etarlicha tushuncha va malakaga ega bo’lgan sobiq futbolchi hozirda “Neftchi” U-18 jamoasiga ustozliq qilmoqda. Azizning murabbiylikda ham omadi chopmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, futbolchilik umrini Farg’ona jamoasida o’tkazgan Alijonov murabbiylikda ham ushbu klub tizimida faoliyat yurita boshladi. Bugungi suhbatdoshimiz, yaqinda Rossiya davlatining poytaxti Moskva shahrida xizmat safarida bo’lib malakasini oshirib qaytdi. Darvoqe, “Neftchi” U-18 jamoasi O’zbekiston birinchiligida karvonboshchilik qilmoqda. SHu bois ko’pchilik muxlis va mutaxassislar Aziz Alijonovning murabbiylik faoliyatiga ham ijobiy baho bera boshladi. 

– Aziz aka, futbolchilikni adashmasam 2014 yili tugatdiz. SHundan keyin nimalar bilan mashg’ul bo’ldingiz?

– Xaqiqatdan ham 2014 yili ketma-ket jaroxatga yo’liqishim natijasida avvalgidek darajada o’ynab ketishim biroz qiyin bo’ldi. SHu bois mavsumning birinchi qismi yakuniga etgach, butsalarimni mixg ilishga qaror qildim. Uzoq vaqt o’ylanib o’tirmasdan, murabbiylik sohasida o’zimni sinab ko’rishga qaror qildim. “Neftchi” futbol klubi qoshidagi “Bolalar va o’smirlar sport maktabi”ga murabbiy sifatida ishga kirdim. Hozirgacha ushbu dargohda yoshlar bilan ishlab kelmoqdaman.  

– Katta futboldan keyin bolalar bilan ishlash uchun sabr toqat kerak bo’ladi deyishadi. Bu borada qiyinchiliklarga duch kelgan bo’lsangiz kerak?

– To’g’ri, har bir yangi ishning boshlanishi qiyin bo’lganidek, menda ham murabbiylikdagi dastlabki qadamlarim oson kechmadi. Sababi unga qadar katta futbolda professional o’yinchi bo’lib yurganligim uchun, yosh bolalardan ham shuni talab qilib yubordim. Keyin menga mutaxassislar aytdiki, “Bu yigitlar hozircha yosh. Siz talab qilayotganlarni birdigani qila olishmaydi” deb. SHundan so’ng o’zimga yarasha xulosalarni chiqarib, asta-sekin bolalar futboliga moslashib ketdim. O’z ustimda ishladim, ko’proq o’qib, o’rgandim. Asosiysi sabr qildim. Mana bugunga kelib, mexnatlarimiz o’z samarasini bermoqda. Albatta bundan juda xursanman.  

– “Neftchi” bilan tuzgan ilk professional shartnomangiz qaysi yilga to’g’ri keladi va birinchi maoshingiz qancha bo’lgan?

– 2001 yili jamoa meni “zayavka” qilgan. Dastlab yoshlar jamoasi tarkibida o’ynaganman. To’g’risi birinchi maoshim qancha bo’lganini hozir aniq eslay olmayman.

– Futbolchi sifatida ushalmagan orzularingiz bormi?

– Armonim yo’q. Nimaiki bo’lsa hammmasi Yaratgan egamning o’zidan bo’ladi. Har bir ishning bir hikmati bor. Eng asosiysi futbolchi sifatida “Neftchi”da o’ynab, ushbu qadrdon jamoamda butsamni mixga ilganimdan xursanman.

– Oxirgi paytlarda futbolchilar ishlab topgan pullariga biznes qilishni yo’lga qo’ymoqda. Siz ham futbol o’ynab yurgan vaqtlaringizda kelajak uchun nima ishlar qilgansiz?

– Futbolchilikda topgan pullarimga o’zim uchun Farg’ona shahridan xovli uy qilganman. Uylandim, farzandlik bo’ldim. Eng muhimi shu emasmi. Bor etiborimni futbol o’ynashga qaratganim sababli, boshqa ishlar bilan shug’ullannib ko’rmaganman.

– Xalqimizda ot o’rnini toy bosadi degan gap bor. Farzandlaringizni ham kelajakda futbolchi sifatida ko’rishimiz mumkinmi?  

– Allohga shukur, ikki nafar o’g’lim bor. Katta o’g’lim Firdavsbek 2010 yil tug’ilgan. Kichigi 2012 yil. To’ng’ich o’g’lim futbol bilan jiddiy shug’ullana boshlagan. Murabbiyi “Neftchi”ning sobiq futbolchisi, eng yaqin do’stim Iqbol Akramov bo’ladi. Nasib qilsa, Firdavsbekdan umidim katta. Kelajakda yaxshi futbolchi bo’lishini xohlayman.  

– Futbolchi sifatida “Neftchi”ga sadoqatingizni amalda isbotladingiz. Jamoani o’zgartirish bo’yicha oldin hech o’ylab ko’rganmisiz?

– Yo’q. CHunki, ustozimiz Yuriy Vazgenovich bizni o’z vataniga, klubiga sadoqat bilan yondoshadigan qilib tarbiyalagan. Boshqa jamoaga o’tishni xatto o’ylab ko’rmaganmiz. Qolaversa o’sha vaqtda “Neftchi”dek buyuk klubda to’p tepish ko’pchilikning orzusi bo’lgan. 

– Sizni aslida jizzaxlik deb eshitganman. SHu rostmi?

– Ha, Jizzaxda tug’ilganman. 7 yoshimgacha o’sha erda istiqomat qilganmiz. Keyin oilamiz bilan Farg’ona viloyatining Buvayda tumaniga ko’chib kelganmiz. O’sha erda voyaga ettim. Farg’ona viloyati futbol licey-internatiga xujjat topshirib, tanlov jarayonida o’zimni xar tomonlama ko’rsatishga erishganman. Ushbu dargohni tamomlagach, “Neftchi” klubiga qabul qilindim. SHu tariqa professional futbolchilik faoliyatim boshlangan. 

Yuriy Sarkisyanni jamoadagilar har doim futboldagi otasi sifatida ko’rgan. Uning sizga bergan qaysi maslahatlariga haligacha amal qilasiz?

– To’g’ri, men ham Yuriy Vazgenovichni otamdek ko’raman. U kishini futbol jamoatchiligi juda qattiq xurmat qiladi. U inson Farg’ona futboli uchun juda katta ishlarni qilib ketti. Ustozimiz bizga eng avvalo insoniylik, to’g’rilik, xalollik va sadoqatlik bo’lishlikni o’rgatdi. O’sha vaqtda biz shogirdlariga aytgan hamma gaplari bugungi kunda to’g’ri ekanligini to’liq tushunib etyapmiz. Har bir nasihati menga xayotda juda asqotyapti. SHu fursatdan foydalanib, Yuriy Vazgenovichga bizga bergan mexrlari, o’gitlari va ko’rsatgan to’g’ri yo’nalishlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ustozimning umrlari uzoq bo’lsin. SHunday jonkuyar insonlar futbolimizda ko’payishini istayman. 

 “Neftchi”ning Superligada gegemonlik qilgan vaqtida jamoasining chin manoda etakchilaridan biriga aylangan Aziz Alijonovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishni xojati bo'lmasa kerak.

– Yuriy Vazgenovichning siz yoqtirgan va yoqtirmagan xususiyatlarini aytib bera olasizmi?

– U insonni yaqindan tanigan kishilar yaxshi biladiki, xayotda juda ham samimiy, quvnoq, o’ziga xos xangomalar aytib, kuldirib, mexribonlikni ham joyiga qo’yadi. Lekin ish jarayonida qattiqqo’l va juda talabchan. O’yin paytida so’kishdan o’zini tiymasdi. Uchrashuv yakuniga etgach, yana butunlay o’zgarib, shogirdlarini erkalatib, o’g’illarim deb xazillashib kayfiyatni yanada ko’tarardi. Bu xarakterini ilgari “Neftchi”da o’ynagan har bir futbolchi yaxshi biladi. 

– 2014 yildagi klubda yuz bergan o’zgarishlar hamon “Neftchi”ni o’ziga kelishiga yo’l qo’ymayapti. Sobiq futbolchi sifatida bunga ich-ichingizdan achinsangiz kerak?

– Albatta, juda ham qayg’uraman. CHunki “Neftchi”dek o’z tarixiga ega bo’lgan buyuk jamoani yillar davomida reytingi sezilarli darajada paslab ketishini sira o’ylamagandim. Mana bu yil hammasi yaxshi kechmoqda. Rahbariyat tomonidan etibor yuqori. SHuning hisobiga ham jamoa PRO-Ligada peshqadamlik qilmoqda. “Neftchi”ni kelasi yil Superligada o’ynashini tilab qolaman. 

– Ilgari “Paxtakor” – “Neftchi” o’yinlari derbi singari tomoshabop va jangavor tarzda o’tgan. “SHerlar”ga qarshi kechgan qaysi o’yiningizni hozirgacha shirin xotiralar bilan eslab yurasiz?

– “Paxtakor” bilan doim murosasiz o’yinlarni o’tkazganmiz. Ayniqsa Farg’onadagi to’qnashuvlarimizda har gal stadion tribunasi muxlislar bilan to’lib-toshardi. Hozir qaysi yilda bo’ganligini aniq eslay olmayman, anig’i shuki, o’z uyimizda o’ynaganimizda 2:3 hisobida mag’lub bo’layotgandik. Bosh hakam oxirgi daqiqada “Paxtakor” darvozasi tomon jarima zarbasi belgilagan. Undan men unumli foydalanib, hisobni tenglashtirib, yakunda durang qayd etganmiz. O’sha o’yinimiz ko’proq yodimda qolgan.  

– Murabbiy sifatida bu yil “Neftchi” U-18 jamoasini boshqarmoqdasiz. Murabbiy sifatida qadrdon jamoangizga qaytish taklifi kimdan chiqdi?

– O’tgan yillar daomida, aniqrog’i 2017 yildan beri “BO’SM”dagi 2004 yilda tug’ilgan bolalardan iborat jamoam bilan Respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqdamiz. 2020 yili Farg’onada o’tkazilgan turnirda chempionlikni qo’lga kiritdik. O’tgan yili tarixda ilk bor o’tkazilgan Superkubokda “Farg’ona futbol mahorat maktabi”ni  2:1 hisobida mag’lub etib, bosh sovringa ega chiqdik. SHundan keyin “Neftchi” klubiga SHerzod aka Raimjonov taklif qildi. So’ngra klub rahbari Zohid aka G’ofurov bilan ham uchrashib, hammasini gaplashib oldik. Ularni ham maqsadi avvalgidek farg’onalik iqtidorli bolalarni etishtirib chiqarish. Hozir U-18 birinchiligida ishtirok etayotgan 2004 yildagi futbolchilarimiz kelasi yil nasib qilsa, U-21 Birinchiligida ishtirok etishini aytishgan. O’z navbatida biz ham bildirilgan ishonchni to’liq oqlash uchun, astoydil ishlashga kirishdik. 

– U-18 Birinchiligi haqida fikringiz qanday?

– Mazkur musobaqa juda yaxshi tashkil etilgan. Yosh futbolchilar uchun juda zo’r amaliyot bo’lmoqda. Respublika bo’ylab safarlarga chiqyapmiz. Bolalar har tomonlama o’sishga erishmoqda. Tashkilotchilarga ham alohida rahmat aytib o’tmoqchiman.  CHunki U-18 Birinchiligi nafaqat bolalar uchun balki biz kabi endi murabbiylikda o’sishga intilayotganlarga ham katta maktab bo’lmoqda.  

 “Neftchi”ning Superligada gegemonlik qilgan vaqtida jamoasining chin manoda etakchilaridan biriga aylangan Aziz Alijonovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishni xojati bo'lmasa kerak.

– Yaqinda Moskvada malaka oshirish bo’yicha xizmat safarida bo’lib qaytdingiz. Bu o’zingizdan chiqqan tashabbusmi?

– Bu haqda o’zim o’ylab yurgandim. “Neftchi” texnik-direktori SHerzod aka Raimjonovga bu borada aytib, maslahat olganimda, har tomonlama qo’llab-quvvatladi. Keyin “BO’SM”dagi direktorimiz Mahmud aka Zokirov ham yaxshi bo’lishligini bildirib, qarshi emasligini aytdi. 

– Moskvada sizga bevosita Andrey Fyodorov yordam berganidan xabarimiz bor. U erda nech kun va qaysi jamoalar ishini kuzatib qaytdingiz?

– 10-17 avgust kunlari Moskva shahrida bo’lib qaytdim. U erda meni o’zbek futboliga yaxshi tanish bo’lgan Andrey Fyodorov iliq kutib oldi va har bir ishini erinmasdan menga ko’rsatdi. Klubning rivojlanish strukturasi bilan tanishdim. Andrey Vitalevich, u erda”Lokomotiv”ning  20-21 yoshli yigitlariga murabbiylik qilmoqda. Bevosita kamina ham ularning mashg’ulotlarida ishtirok etdi. O’zim uchun kerakli bo’lgan barcha savollarga javob oldim. Bir so’z bilan aytganda, ushbu xorij safari malakamni yanada oshirish uchun foydadan xoli bo’lmadi. Bu bilan to’xtab qolmoqchi emasman. Nasib qilsa qishda yana u erga borishni niyat qildim.

– Ilgari Farg’onadan ko’plab iqtidorli yoshlar etishib chiqqan. Ammo asosiy jamoaning PRO-Ligada o’ralashib qolishi natijasida, yoshlarning bo’y ko’rsatishi qiyinlashib bormoqda. Nima deb o’ylaysiz, bugungi kunda bolalar futbolining saviyasi qay darajada? Kamchiliklar nimalardan iborat?

– Hozir ham iqtidorli bolalar ko’p. Faqat ularni izlab, topish kerak. Selekciya ishlarini yanada kuchaytirish kerak. Yaxshi iqtidorni topib, tarbiyalab borsangiz, ayrim murabbiylar uni uyiga borib, ota-onasini malum bir miqdordagi arzimas pulga qiziqtirib, olib ketish xolatlariga ham duch keldik. Bu yildan esa hamma tashkiliy ishlar qonunan joy-joyiga qo’yilmoqda. Selekciya bo’yicha ham alohida shtat tashkil etilib, unga “Neftchi”ning sobiq hujumchisi SHerzod Hakimov biriktirilgan. U bilan birga hamjihatlikda ish olib boryapmiz.  

– Kelajakda Neftchi bosh murabbiyi sifatida ishlasangiz, murabbiylar shtabi sobiq jamoadoshlaringizdan iborat bo’ladimi? Imkoni bo’lsa kimlarni yoningizga olgan bo’lardingiz?

– Hozirda deyarli hamma murabbiyni o’z yordamchilaridan iborat shtabi bor. Qaysi klubga borsa ham birga hamkorlik qilishadi. Albatta, ilgari “Neftchi” uchun jon kuydirgan va avvalgi saviyasini tiklashi uchun xarakat qiladiganlar ko’p. Ularning ko’pi bugungi kunda ishsiz. Ayrimlari esa bolalar futbolida faoliyat yurityapti.

– U-18 jamoasiga selekciya ishlarini o’ziz olib borasizmi? Tarkibdagi yigitlar qaysi joylardan?

– Bu borada menga har doim beminnat yordam berib keladigan Ulug’bek xoji akam bor. Murabbiy sifatida shu darajaga etib kelishimda u insonning ko’magi katta bo’lgan. Hamisha yonimda bo’lib, qo’llab-quvvatlab turgan.  “Neftchi” selekcioner murabbiyi SHerzod Hakimov asosiy jamoada ishlari ko’p bo’lishiga qaramay, U-18 jamoasi uchun ham befarq emas. Yoshlar jamoamizga yigitlarni asosan Farg’ona viloyatidan jalb qilganmiz. 

– Kelasi yil katta extimol bilan U-21 jamoasiga o’tsangiz kerak?

– Huddi shunday. Nasib qilsa “Neftchi” Superligada ishtirok etsa, U-21 Birinchiligida  18 yoshli yigitlarimiz o’ynaydi. Ular bilan ikki yil yanada yaxshi sharoitlarda sidqidildan ishlasak, asosiy tarkibga davogarlik qiluvchilar etishib chiqadi. Xarakatlarimiz o’z mevasini berishiga ishonaman. Bu borada klub rahbariyatining ham aniq ish rejasi mavjud. 

– Murabbiylikka o’tgach, qaysi mutaxassislardan maslaxat olib turasiz?

– Meni xarakterim shundayki, bilmagan narsamni uyalmasdan so’rab o’rganaman. O’z vaqtida “Neftchi”ning haqiqiy figuralaridan biri bo’lgan Sergey Lebedev, Akmal Xolmatov, Anvar Berdiev va SHerzod Raimjonov singari ko’pni ko’rgan akalarimizdan bilmaganlarimni so’rab, o’zim uchun etarli tushuncha olib yuraman. 

– Superligada qaysi murabbiyning ish uslubi sizga ko’proq yoqadi?

– O’zbek futbolining afsonasi Mirjalol aka Qosimovga xurmatim juda baland. Futbolchilik davrida ham mana hozirda murabbiy sifatida ham u insonni ishini juda qadrlayman. Bundan tashqari “Nasaf” ustozi Ro’ziqul aka Berdievni ham aytgan bo’lardim. Bir necha yillardan beri yoshlar bilan juda yaxshi ishlab kelmoqda. Har yili etakchi o’yinchilari jamoani tark etishiga qaramay, yangi nomlarni kashf etib bormoqda. Yoshlar bilan ham sovrinli o’rinlarga davogarlik qilishni o’zi katta natijadir. “Nasaf”ga chin manoda mustahkam poydevor qo’yilgani ham bugungi kunda qo’l kelmoqda. Akademiyasi bilan tanishgandim. U erda etarlicha sharoitlar yaratilgan. SHuning uchun ham asosiy jamoaning ishi ancha engillashib boradi. Qolaversa “Bunyodkor” klubi haqida iliq fikrlarni aytishim mumkin. Bu jamoada ham mexanizm bor va u ishlashda davom etyapti. Akademiyaga katta etibor qilishi natijasida iqtidorli yoshlar etishib chiqmoqda. Bosh murabbiy SHuhrat aka Maqsudov ilgari “Neftchi”da ishlagan paytlarida futbolchi sifatida o’z yo’limni topib ketishimda katta yordam bergan. Mashg’ulot paytlarida va undan tashqari xolatlarda ham yoshlarga o’z maslahatini ayamasdi. Ko’p o’yinchilarga yordam berib, o’ynab ketishiga sababchi bo’lgan inson. Fursatdan foydalanib, SHuhrat akaga minnatdorchilik bildiraman va jamoasiga omad tilayman. 

 “Neftchi”ning Superligada gegemonlik qilgan vaqtida jamoasining chin manoda etakchilaridan biriga aylangan Aziz Alijonovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishni xojati bo'lmasa kerak.

– Sobiq futbolchi va bugungi murabbiy Aziz Alijonovning farqli tomonlari nimada?

– Futbolchilik paytimda qiziqqonligim bor edi. Hech kimni eshitishni xohlamasdan, o’z bilganimcha qaror chiqarardim. Murabbiy bo’lgach, ancha bosildim. Xaqiqiy dunyo qarashga ega bo’ldim. Biror ish boshlashdan avval, yoshi katta insonlar bilan maslahatlashgan xolda, har tomonlama o’ylab ko’rgach, keyin aniq bir to’xtamga kelishni o’rgandim.  

– U-18 jamoasiga rahbariyat tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilganmi?

– Albatta, biz uchun hamma kerakli sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun rahbariyatga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. 

– Ilhom Mo’minjonov U-18 jamoasi o’yinlarini kuzatgani keladimi?

–  Ochig’ini aytganda, shu kungacha ko’rganim yo’q. O’yin paytida biz murabbiylar pastda bo’lganimiz uchun ham balki kelgan paytini ko’rmagandirman. Lekin Ilhom akani hozir oldida masuliyatli vazifa turibdi. Uni bajarish uchun asosiy etiborini bosh jamoaga qaratgani maqul. Vazifa – Superligaga chiqish. Ularga ham oson emas deb o’ylayman. Bu yo’lda jamoaga omad tilab qolaman.  

– U-18 jamoasida o’z falsafangiz bo’yicha ish olib borasizmi yoki asosiy jamoaning o’yin uslubi bo’yicha ishlanadimi?

– O’z falsafam bo’yicha ishlayman. CHunki qo’l ostimdagi bolalarning 90 foizini imkoniyatlarini yaxshi bilaman. SHu o’rinda ular ham meni nima xohlayotganimni yaxshi tushunishadi. Meni ham futbolda o’z qarashlarim bor. Yoshimda 38 ga qarab ketmoqda. O’z vaqtida professional futbol o’ynaganman. Yoshlar bilan ancha vaqtdan buyon ishlab kelmoqdaman. SHunday ekan o’z yo’nalishimga egaman desam xato bo’lmaydi. O’ylaymanki yillar davomida orttirgan tajribam menga kelajakda asqotadi. Har doim o’z kuchimga ishonganman. Bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikr bildirish