Tennis

Jokovich US Open turniridagi ikkinchi uchrashuvini o’tkazdi

205

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning uchinchi davrasiga yo’l oldi. Serbiyalik tennischi ikkinchi davra uchrashuvida reytingning 121-pog’onasidan joy olgan niderlandiyalik Tallon Grikspurni ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub etdi – 6/2, 6/3, 6/2.

Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda 34 yoshli Novak 13 ta, 25 yashar Tallon esa 5 ta eys zarbani ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi bo’ldi. Endi Jokovich uchinchi davrada yaponiyalik Kei Nishikoriga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish