Dunyoning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev Open Sud de France turnirining finaliga yo’l oldi. Germaniyalik tennischi 53 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida ATP reytingida 83-pog’onadan joy olgan shveciyalik Mikael Imerni mag’lubiyatga uchratdi – 6/1, 6/3.
Aleksandr bahs davomida 6 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirdi. Mikael esa 3 ta eys zarbani ijro etib, bitta breyk-poynt qayd etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko’rinishiga keldi. Zverevning Monpele turniri finalidagi raqibi qozog’istonlik Aleksandr Bublik bo’ladi.