Tennis

Rafael Nadalning sog’lig’i bilan muammo yuzaga keldi

172

Nadal qovurg’asidagi og’riq va buning natijasida yaxshi nafas ololmayotganini aytgan. SHifokorlar unga chap tomon qovurg’aning stress holatidagi sinish tashxisini qo’yishgan. Buning natijasida tennischi 4-6 hafta kortga chiqa olmaydi. 

Rafa Indian-Uells “Masters” turniri finalida aynan og’riq sabab o’zini yaxshi xhis qilmagan va yakunda mag’lubiyatga uchragan edi.

“Men kuchli og’riq his qilgandim. Nafas olish bilan bog’liq muammolarga duch keldim. Buning natijasida boshim aylandi”, – deya Nadalning so’zlarini keltirmoqda ATP matbuot xizmati.

Fikr bildirish