Futbol

Ronalduning taqdiri boshqa klublarga bog‘liq

28

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun Turinga yetib keladi.

Ertaga 36 yoshli hujumchi ta’tildan keyin «Yuve» bilan birinchi mashg‘ulotni o‘tkazadi. Tez orada portugaliyaliklar jamoaning yangi bosh murabbiyi, 2018-2019 yillarda «Yuventus»da Ronaldu bilan ishlagan Massimiliano Allegri bilan suhbatlashadi. Murabbiy Ronaldu bilan uning maydondagi holati va jamoadagi o‘rni haqida gaplashib olishi kutilmoqda.

Kecha «Yuventus» vise-prezidenti Pavel Nedved Ronaldu klubda qolishini e’lon qildi, biroq “La Gazetta della Sport” nashri, agar Turin klubi yaqin bir oy ichida xorij jamoalaridan portugaliyalik uchun yaxshi taklif olsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin deb yozmoqda. Shu bilan birga ta’kidlanishicha, bunday variant ehtimoldan yiroq, chunki dunyoda Ronalduga «Yuventus» kabi maoshni taklif qiladigan klublar soni juda kam.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli forvard “kesa senyora” safida yiliga 31 million yevro ishlab topadi. 

Fikr bildirish