Tennis

Serbia Open. Xachanov – Jokovich bahsi g’olibi uch setda aniqlandi

445

ATP reytingida 26-pog’onadan joy olgan rossiyanlik Karen Xachanov yarim final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovichga 6/4, 1/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Mezbonlar vakili roppa-rosa 2 soat davom etgan bahsda 6 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirdi, qo’shxatoga yo’l qo’ymadi. 25 yoshli Xachanov esa bor yo’g’i bitta eys zarbani ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida 34 yoshli Jokovich katta farq bilan oldinda bormoqda – 8:1. 

Bugun Novak Jokovich o’z vatandoshlari ko’z o’ngida Serbia Open turniri bosh sovrini uchun rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi. 

Fikr bildirish