Tennis

Simona Xalep Cincinnatida muvaffaqiyatli start oldi

232

Sayyoramizning 13-raketkasi, ruminiyalik Simona Xalep musobaqaning ilk davrasida WTA reytingining 44-pog’onasidan joy olib turgan polshalik Magde Linettga qarshi kortga chiqib, raqibasini 6/4, 3/6, 6/1 hisoblarida mag’lubiyatga uchratdi.

Ikki soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Simona 11 ta, Magda esa 4 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi – 2:0. Endi Xalep ikkinchi davrada amerikalik Jessika Pegula yoki italiyalik Kamila Jorjiga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish