Tennis

TAVSIYA QILAMIZ: Jokovich Parijda to’rtta tarixiy rekordni yangiladi. Barcha asosiy yutuqlar unga tegishli – u tennis qiroli!

436

Uimbldondan keyin Novak Jokovich haqiqatdan ham erkaklar tennisi tarixidagi eng buyuk tennichsi sifatida gavdalandi. US Open’da u barchasiga nuqta qo’yishi mumkin edi, biroq Daniil Medvedev uni mavsumdagi to’rtinchi “Katta Dubulg’a” va 21-chempionlikka bir qadam qolganda to’xtatdi. SHuningdek, Medvedev 52 yillik rekordni takrorlanishiga ham yo’l qo’ymadi. SHundan so’ng, deyarli ikki oylik tanaffusga chiqqan Novak o’tgan hafta Parijdagi turnirda kortga qaytdi va chempionlikni qo’lga kiritdi. Bu bilan u yana to’rtta rekordni yangiladi.

Turnirdan so’ng Medvedevdan Jokovichning yutuqlari Federer va Nadalning rekordlariga qaraganda kamroq etirof etilayotganini his qilyapsizmi, deb so’rashdi. Daniil bu fikrga qo’shilishini, ammo hozir serbiyalik tennischiga ko’proq hurmat ko’rsatilayotganini va uning obro’si uzoq muddat ko’tarilib turishini takidladi.

“Yangi odamlar keladi, ular faqat Vikipediyadagi natijalarni ko’radi va u erda Novak barcha rekorlarning egasi ekanligi yozilgan bo’ladi. SHunda ular uning ajoyib ishlar qilganini tushuna boshlaydilar”, – dedi rossiyalik tennischi.

U bu mavsumda taxtda qolishini allaqachon kafolatladi. Jokovich ettinchi marta yilni birinchi o’rinda yakunlaydi. Bu erkaklar tennisi tarixidagi rekord ko’rsatkichdir. Bu natijani qayd etishi uchun unga bor-yo’g’i 10 ta reyting ochkolari o’ynaladigan turnir kerak bo’ldi. Bu ham to’liq bir mavsum (yani 2020 yilni hisobga olmaganda) uchun rekorddir. 2013 yilda Rafael Nadalga 13 ta turnir etarli bo’lgan edi.

Novak o’zining 37-“Masters” chempionligini qo’lga kiritdi va Nadalni ortda qoldirgan holda rekordchiga aylandi.

TAVSIYA QILAMIZ: Jokovich Parijda to'rtta tarixiy rekordni yangiladi. Barcha asosiy yutuqlar unga tegishli - u tennis qiroli! Jokovich jahonning birinchi raketkasi sifatida 418-g’alabasini tantana qildi va Rojer Federerning rekordini yangiladi.

Endi deyarli barcha rekordlar haqiqatan ham Novakda. Rekordlar faqatgina unga tegishli yoki u rekordlarni kimdir bilan baham ko’radi

Novak “Katta Dubulg’a” turnirlarida 20 marta chempionlikni tantana qilgan. U bu rekordni Federer va Nadal bilan bo’lishib turibdi. Yani, bundan atigi 3,5 yil oldin, “Rolan Garros -2018″dan keyin u 12 ta chempionlikka ega, yana 8 ta unvon bo’yicha Federerdan ortda qolayotgan edi. O’shandan beri 14 ta “Katta Dubulg’a” turniri bo’lib o’tdi va Novak shularning sakkiztasida g’alaba qozondi.

TAVSIYA QILAMIZ: Jokovich Parijda to'rtta tarixiy rekordni yangiladi. Barcha asosiy yutuqlar unga tegishli - u tennis qiroli! Bu yil Jokovich professional tennis tarixida “Ulkan Toj” turkumidagi turnirlarda ikki marta chempionlikka erishgan yagona tennischiga aylandi.

Yuqorida uning “Masters” turnirlaridagi rekordini aytib o’tgan edik. Jokovichning bu borada yana bir ustunligi bor: faqatgina serbiyalik tennischi to’qqizta “Masters”ning barchasida g’alaba qozongan va u buni ikki marta bajargan. Erkaklar tennisida boshqa hech kim sakkiztasiga ham ega emas.

Umuman olganda, Jokovich Parijdagi g’alabasidan so’ng, 62 ta asosiy titul (“Katta Dulbg’a”, “Masters”, ATR Yakuniy turniri) ga ega bo’ldi. Bu ko’rsatkich Nadalda 57 ta, Federerda esa 54 ta. Boshqa tennischilarda 40 tadan ham kam.

Mart oyida Novak reytingning birinchi o’rnida turish bo’yicha haftalik rekordni yangiladi. Endi uning hisobida 346 hafta bor va bu sonlar hali oshib boradi. Tennis tarixida faqat SHteffi Graf eng uzoq vaqt – 377 hafta davomida reyting etakchisi bo’lgan.

AQSH Ochiq chempionatida Novak kuchli o’nlikda turadigan tennischilar ustidan g’alaba qozonish bo’yicha Federerning rekordini yangiladi. Parijda u yana ikkitasini qo’shib qo’ydi va hozirda ularning soni 227 taga etdi.

Endi Novak erkaklar tennisi tarixidagi eng yaxshi g’alaba ko’rsatkichiga ega – 83,2%. Nadal ikkinchi o’rinda – 83,1%.

Novak hali qanday rekordlarni yangilamadi?

Titullarning umumiy soni. Unda 86 ta titul bor (beshinchi o’rinda), Jimmi Konnors esa 109 ta titul bilan birinchi o’rinda turadi.

TAVSIYA QILAMIZ: Jokovich Parijda to'rtta tarixiy rekordni yangiladi. Barcha asosiy yutuqlar unga tegishli - u tennis qiroli!

G’alabalarning umumiy soni. Unda 982 (beshinchi natija), birinchi o’rindagi Konnorsda esa 1274.

Mavsum uchun unvonlar bo’yicha rekord. Rod Leyver 1969 yilda 18 ta unvonni qo’lga kiritgan.

Mavsumdagi g’alabalar bo’yicha rekord Gilermo Vilasga tegishli bo’lib, 1977 yilda 134 ta uchrashuvda g’alaba qozongan.

Bitta turnirda chempionlik rekordi. Nadal 13 marta “Rolan Garros”ni qo’lga kiritgan. Jokovichning eng yaxshi natijasi Avstraliya Ochiq chempionatidagi to’qqizta g’alabadir.

«Janubiy Amerikadagi eng uzun g’alabali ceriya»va boshqa bir qator boshqa yutuqlar.

Jokovich tennis olamidagi barcha rekordlarni yangilashni yaxshi ko’radi va doimo shunga intiladi. Bugun bir qancha rekordlar unga tegishli ekanligi ham shundan dalolat bermoqda. 

Xurshida Abdikulova tarjimasi

Fikr bildirish