Tennis

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

176

Rojer Federer – 1981 yilning 8 avgust sanasida SHveycariyaning Bazel shahrida tug’ilgan. Federer ilk tennis saboqlarini 8 yoshida olgan. Rojer professional faoliyatini 1998 yili boshlagan. U faoliyati davomida jami 110 ta sovringa ega chiqqan, ulardan sakkiztasi juftlik bahslarida qo’lga kiritilgan.

 

SHuningdek, Rojer 20 marta “Ulkan toj” musobaqalarida zafar quchgan. Bu esa tennis tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Rojer Australian Open (2004, 2006, 2007, 2010, 2017 va 2018), “Rolan Garros” (2009), “Uimbldon” (2003-2007, 2009, 2012 va 2017), US Open (2004-2008) turnirlarida bosh sovringa ega chiqqan.

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

Federer nafaqat o’zi uchun, balki vatani – SHveycariya terma jamoasi uchun ham ko’plab sovrinlarni yutib bergan. Pekin-2008 Olimpiya o’yinlarida hamyurti Sten Vavrinka bilan birgalikda Olimpiada chempionligini qo’lga kiritgan. 

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

London-2012da esa hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Endi Marreyga imkoniyatni boy berib qo’ygan. 2014 yilda SHveycariya terma jamoasiga “Devis Kubogi”da g’alaba qozonishga ko’mak bergan. 

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

Rojer faoliyati davomida umumiy hisobda 310 kun davomida ATP reytingi karvonboshisi bo’lgan. Bu natija ham tennisda rekord hisoblanadi. 

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

Federerga juda ko’plab rekordlar tegishli, masalan, u har bir “Katta Dubulg’a” musobaqalarining yarim finaliga kamida besh martadan etib borgan. Bunday ko’rsatkichni hali hech bir tennischi uddalay olmagan. 

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

Tennis yulduzi o’zining juftini ham tennisdan topgan. Sababi u 2009 yilda tennischi Miroslava Vavrinec bilan turmush qurgan. O’sha yilning 23 iyulida tennischilar oilasida egizak qizchalar dunyoga keladi. 2014 yilning 6 avgustida esa yana bir egizak farzandlarning ota-onasiga aylanishgan.

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

Fikr bildirish