Tennis

US Open chempioni Emma Radukanuni Indian-Uellsda to’xtatishdi

144

Britaniyalik tennis malikasi kutilmaganda WTA reytingida 79-pog’onada borayotgan xorvatiyalik Petra Martichga 7/6(3), 4/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi. 

Ikki soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda 19 yoshli Radukanu 2 ta eys, 6 ta breyk-poyntni amalga oshirib, sakkizta majburiy bo’lmagan qo’shxatoga yo’l qo’ydi. 31 yoshli Martich 8 ta eys, 8 ta breykni amalga oshirgan. Bu tennischilarning o’zaro ilk uchrashuvi edi. 

Endi Petra Martich BNP Paribas Open turnirining navbatdagi bosqichida rossiyalik Lyudmila Samsonovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish