Futbol

Va nihoyat ertaga barcha orziqib kutayotgan har to’rt yillikning nufuzli musobaqasi Evro-2020 bahslari start oladi.

46



Va nihoyat ertaga barcha orziqib kutayotgan har to'rt yillikning nufuzli musobaqasi Evro-2020 bahslari start oladi.

“Belgiya chempionlik yo’lida favorit. Ukraina va SHevchenko kashfiyot bo’ladi”. Evro-2020 starti arafasida Superliga murabbiylaridan ajoyib bahs-munozara

Teglar : 
Evro-2020Superliga murabbiylari
Va nihoyat ertaga barcha orziqib kutayotgan har to’rt yillikning nufuzli musobaqasi Evro-2020 bahslari start oladi.

Musobaqa oldidan chempionatimizda faoliyat olib borayotgan Superliga va Pro liga murabbiylarini musobaqa oldidan bahs-munozaraga taklif qildik. Ular turnirda qaysi terma jamoaga muxlislik qilishlari, kashfiyot terma jamoa va murabbiylar haqidagi fikrlarini bildirishdi. 

Hamid Aktamov ("Qizilqum" jamoasi bosh  murabbiyi) – Belgiya Evropa chempionati favoriti. Roberto Martines boshchiligidagi belgiyaliklar turnirga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rdi. Futbolchilari ajoyib sport formasida. Musobaqada ularga muxlislik qilaman. Belgiyaga raqobatchi? Fikrimcha, Italiya. Guruh bosqichidagi Finlyandiya, Daniya, Rossiyani osonlikcha yutadi. Barchaga yoqimli tomosha tilayman.

Yorqin Nazarov ("Andijon" bosh murabbiyi) – Evropa chempionatida Germaniyaga muxlislik qilaman. Yakunda nemislar chempionlikni tantana qiladi, deb o’ylayman. Turnir kashfiyoti? Andrey SHevchenko Ukraina bilan  kutilmagan sovg’a taqdim qiladi.

Jasur Abduraimov ("Metallurg" bosh murabbiyi) – Ispaniya terma jamoasining muxlisiman. Ularning uslubi yoqadi. O’lim guruhi haqida fikr bildiradigan bo’lsam, "F" guruhida Germaniya, Franciya, Portugaliya uchtasi teng kuchli jamoalar. Vengriya ham bo’sh kelmaydi. Lekin yuqoridagi uchta jamoada ham keyingi bosqichga yo’l olish imkoni bor. Germaniya guruhdan chiqa oladi. Ikkinchi o’rinni Portugaliya yoki Franciya egallaydi. 

Aleksandr Xomyakov ("Mashal" bosh murabbiyi) – Evropa chempionatini diqqat bilan kuzatish rejalarimdan o’rin olmagan. SHu bois biror bir jamoadan xavotir olishga asos yo’q. Faqat bitta narsa, Rossiya terma jamoasini uzoqroqqa borishni istardim. Belgiya terma jamoasida chempionlik uchun imkoniyatlar yuqori.  Men uchun Uels sirli jamoa bo’lib qolmoqda. Balki ular yana 2016 yilgi Evropa chempionatida bo’lgani kabi ko’pchilikni hayron qoldirishar.  

Va nihoyat ertaga barcha orziqib kutayotgan har to'rt yillikning nufuzli musobaqasi Evro-2020 bahslari start oladi.

SHuhrat Maqsudov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi) – Men odatda O’zbekistonga muxlislik qilaman. Bevosita Evropa chempionatiga keladigan bo’lsak, Franciya va Belgiya terma jamoalarida musobaqani yutish imkoniyati katta. 

Viktor Jalilov ("Navbahor" bosh murabbiyi) – Umuman olganda, bizga sobiq ittifoq, yani, Rossiya va Ukraina terma jamoalari yaqin. SHu bois, bo’lajak Evropa chempionatida mazkur terma jamoalarga muxlislik qilaman. Ushbu jamoalar o’z ananasiga ega va ularning ushbu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolaman. Takidlash joizki, ko’proq Ukraina futbolini yoqtiraman. Bunga esa mazkur mamlakatdan ko’plab mahoratli futbolchilar, Oleg Bloxindan tortib, Igor Belanov, Andrey SHevchenkogacha bo’lgan “Oltin to’p” sohiblari etishib chiqishgani ham sabab bo’lgan. Imkoniyat darajasida Ukraina chempionatini kuzataman. Ayni paytda ham u erda mahoratli futbolchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Albatta, imkoniyat darajasida o’yinlarni kuzataman. Masalan, Rossiya termasi himoyada ko’proq 3 nafar, ayrim paytlarda esa 4 nafar futbolchi bilan harakat qiladi, yani o’yin uslubini o’zgartirib turadi. Ukraina termasi tarkibidan esa ko’plab mahoratli, shu jumladan, Italiya, Germaniya va Avstriya chempionatlarida to’p surayotgan futbolchilar o’rin olishgan. Mazkur o’yinchilar esa o’z klublarining etakchilari sanalishadi. SHu bois, Ukraina termasining Evropa chempionatidagi o’yinlarini kuzatish qiziqarli bo’ladi. Bashorat qilishni yoqtirmayman. Menimcha, Evro-2020 da eng kuchli terma jamoa chempion bo’ladi (kuladi).

Bahrom Haydarov ("Surxon" bosh murabbiyi) – Belgiya terma jamoasiga muxlislik qilaman. CHunki ularning tarkibi bir necha yildan birga. Har bir turnirda Belgiyada o’sish ko’rmoqdaman. Hozirgi avlodning katta natija ko’rsatadigan payti keldi. Murabbiylar orasidan esa Portugaliya ustozi Fernandu Santushni ish uslubini kuzataman. Ushbu mutaxasiss turnirda har bir raqibga turlicha taktikani qo’llashi bilan ajralib turadi. Musobaqada Belgiya va Germaniya to’qnash kelsa juda qiziqarli uchrashuv guvohi bo’lar edik.

Baguslav Baniak ("Turon"ning polshalik bosh murabbiyi) – Polsha terma jamoasi ham Evropa chempionatida ishtirok etadi. Dastlabki turda Slovakiya bilan o’ynaymiz. Umuman bu safargi turnir avvalgilaridan farq qilishini kutyapman. Boisi uchrashuvlar yangicha formatda turli shaharlarda bo’lib o’tadi. Polsha safida etakchilar Kshishtyof Pyontek, Robert Levandovskiy, Arkadiush Milikdan ko’p narsa kutishtmoqda. Lekin Milik va Pyontek jarohat sabab safdan chiqqanini hisobga olsak faqat Levandovskiy qolmoqda. Hozirdan kim birinchi o’rinni olishini taxmin qilmoqchi emasman. Birinchi turdan so’ng qisman bu borada fikr bildirish mumkin. Polshadan Evropa chempionatida menimcha Zelinskiy kashfiyotlardan biri bo’lishi mumkin. Krixovyak ham o’zini ko’rsatadi.

Fikr bildirish