Boks/MMA

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

52

Ushbu reytingdan o’zbekistonlik to’rt nafar bokschi o’rin olgan. 

Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. Eslatib o’tamiz, u 3 aprel kuni o’zining IBF kamarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qilgandi.  

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev to’rtinchi o’ringa joylashgan. Ertaga u Toshkent shahrida navbatdagi jangini o’tkazadi. SHuningdek, ushbu vaznda SHahram G’iyosov ham ko’tarilib, 12-o’ringa joylashdi. Bu vaznda chempionlik kamari hozirda Josh Teylorga tegishli bo’lib turibdi. 

Yarimo’rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog’onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Fikr bildirish