Dunyoning 28-raketkasi bo’lib turgan Karen Xachanov musobaqaning ilk davrasida irodali g’alabaga erishdi. Rossiyalik 25 yoshli tennischi ATP reytingida 66-pog’onadan joy olgan avstraliyalik Aleksey Popirinni 6/7(4), 6/1, 7/6(6) hisobida taslim etdi.
Xachanov 2 soatu 33 daqiqa davom etgan uchrashuv davomida 5 ta eys, 3 ta breyk-poynt qayd etdi. 22 yoshli Popirin esa 10 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko’rinishiga keldi. Endi Karen musobaqaning ikkinchi davrasida britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi.