Xokkey

Yosh xokkeychimiz Salohiddin Azimov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaydi + FOTO

109

Hamyurtimizning istedodi taniqli jamoa vakillarining qiziqishiga sabab bo’ldi.

Dastavval, xokkeychimiz haqida gapirib o’tsak. Salohiddin Azimov 2009 yil Toshkentda tug’ilgan. Otasi “Binokor” xokkey klubining sobiq vakili Alisher Azimov bo’lib, 5 yoshidan unga murabbiylik qilib keladi. Salohiddin bir necha kun mobaynida Ekaterinburgning “SKA-Yunost” klubi o’z mashg’ulotlarini o’tkazadigan “Dacyuk arena”da bo’ldi. Mashg’ulot davomida hamyurtimiz rossiyalik taniqli xokkeychi, Olimpiada va jahon chempioni, 2 karra Stenli kubogi sohibi Pavel Dacyuk bilan uchrashib, jahon yulduzidan kerakli tavsiyalarni olishga ham muvaffaq bo’ldi.

Hamyurtimiz bungacha “Binokor” va Qozog’istonning “Striji” klublari safida harakat qilgan edi. Azimov 2018 yil «Striji» safida mamlakat chempioniligini qo’lga kiritgan. Salohiddin yangi mavsumdan Rossiyada o’z mahoratini namoyish etadi.

Yosh xokkeychimiz Salohiddin Azimov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaydi + FOTO

Azimov “SKA-Yunost”da 88-raqam ostida harakat qiladi. Reglamentga ko’ra, jamoa avval Sverdlovsk viloyati chempionatida, unda sovrindorlar qatoridan joy olgan taqdirda Rossiya chempionatida ishtirok etadi. O’tgan mavsum “SKA-Yunost”ning 2008 yilgi vakillari mamlakat chempionligini qo’lga kiritgan bo’lib, jamoa bu yil ham chempionlikni asosiy maqsad qilib qo’ygan.

Hozirda Azimov klub tarkibida tibbiy ko’rikdan muvaffaqiyatli o’tdi va yaqin vaqt ichida jamoa bilan shartnoma imzolaydi.

Yosh xokkeychimiz Salohiddin Azimov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaydi + FOTO

Fikr bildirish