Dunyoning to’rtinchi raketkasi Aleksandr Zverev musobaqaning ikkinchi davrasida ATP reytingida 166-pog’onadan joy olib turgan xorvatiyalik Borna CHorichga qarshi kortga chiqib, 6/4, 3/6, 6/3 hisobida g’alaba qozondi.
Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Zverev 12 ta eys, 2 ta breykni amalga oshirdi. Xorvatiyalik tennischi esa 2 ta eys zarbasi va bitta breyk-poyntga ega bo’ldi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 3:3.