Unga ko’ra, reytingning Top-10 ligida bir nechta o’zgarish kuzatildi. Rim “Masters”i finalchisi, tunislik Ons Jaber bir pog’onaga yuqorilab, 6-o’ringa ko’tarilib oldi. CHexiyalik Karolina Plishkova 6-pog’onadan 8-o’ringa tushib ketgan bo’lsa, belaruslik Arina Sobolenko 1 o’rin yuqoriladi.
Reytingni hamon polshalik 20 yoshli Iga Svyontek boshqarib bormoqda. Rimdagi chempionlikdan so’ng Svyontek o’z o’rnini yanada yaxshilab oldi va eng yaqin taqibchisini 2000 dan ko’proq ochko bilan ortda qoldirmoqda.
Yangilangan haftalik reytingda tennischi qizlarimizdan faqatgina Nigina Abduraimova yuqorilashga erishganini ko’rishimiz mumkin. Abduraimova o’tgan haftadagi o’rnidan 9 pog’ona ko’tarilgan bo’lsa, Sabina SHaripova 1, Akgul Amanmuradova esa 9 o’rin pastladi.
WTA reytingi. Top-10
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) – 7061
2. (2) Barbora Kreychikova (CHexiya) – 4911
3. (3) Paula Badosa (Ispaniya) – 4770
4. (4) Mariya Sakkari (Greciya) – 4726
5. (5) Anett Kontaveyt (Estoniya) – 4446
6. (7) Ons Jaber (Tunis) – 4380
7. (8) Arina Sobolenko (Belarus) – 3966
8. (6) Karolina Plishkova (CHexiya) – 3568
9. (9) Daniel Kollinz (AQSH) – 3315
10. (10) Garbin Mugurusa (Ispaniya) – 3031
O’zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o’rni: