Tennis

Alkaraz amaldagi chempionni mag’lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to’siq – Nadal!

412

Jahonning 19-raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz ATR reytingida 12-o’rinni egallab turgan britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqdi. 1 soatu 40 daqiqa davom etgan uchrashuvda 18 yoshli Alkaraz turnirning amaldagi chempionini 6/4, 6/3 hisobida mag’lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi.

Rafael Nadalning izdoshi deya qaralayotgan ispaniyalik yosh istedodli tennichi yarim finalda aynan Nadalga qarshi bahs olib boradi. Bugun Rafa Kirgiosni mag’lub etib, yarim final chiptasini qo’lga kiritdi. Yana bir ahamiyatli jihati, Nadal va Alkaraz Indian-Uells turniri boshlanishidan avval birga mashg’ulot o’tkazib, turnirga tayyorgarlikni birgalikda olib borishgandi. Bundan avval tennischilar o’zaro bir marta to’qnash kelishgan. O’shanda Madrid Open turnirining 2-davrasi doirasida bo’lib o’tgan bahs Nadalning g’alabasi bilan yakunlangandi. 

Nadal va Alkaraz o’rtasidagi uchrashuv 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi 00:00 da boshlanadi. 

Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to'siq - Nadal! Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to'siq - Nadal! Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to'siq - Nadal! Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to'siq - Nadal! Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to'siq - Nadal! Alkaraz amaldagi chempionni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi to'siq - Nadal!

Fikr bildirish