Tennis

Elina Svitolina Monterreyda rossiyalik raqibini mag’lub etdi

162

Sayyoramizning 15-raqamli tennis malikasi Elina Svitolina musobaqaning ilk davrasida WTA reytingida o’zidan roppa-rosa 100 pog’ona pastda borayotgan rossiyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqdi. 

Oltmish to’rt daqiqa davom etgan bahsdada Svitolina raqibasidan 6/2, 6/1 hisobida ustun keldi. Bu tennischilarning o’zaro ilk uchrashuvi edi. Elina 3 ta, 20 yoshli Anastasiya 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi 27 yoshli Svitolina Abierto GNP Seguros turnirining ikkinchi bosqichida bolgariyalik Viktoriya Tomovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish