Tennis

Elina Svitolina SHtutgartda kortga chiqdi

119

Sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi, ukrainalik Elina Svitolina Porsche Tennis Grand Prix turnirining ikkinchi davrasida WTA reytingining 26-pog’onasidan joy olib turgan germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi bahs olib bordi.

Bir soatu 34 daqiqa davom etgan uchrashuvda Elina raqibasini 7/6(4), 6/3 hisoblarida mag’lub etdi. Elina 4 ta, Anjelik esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob Elina foydasiga yiriklashdi – 9:5. Endi Elina chorak finalda chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish