Hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik tennischi Paula Badosa belaruslik Viktoriya Azarenkoni uch set natijasiga ko’ra mag’lubiyatga uchratdi – 7/6(5), 2/6, 7/6(2). Uch soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda 23 yoshli Paula 7 ta, 32 yoshli Viktoriya esa 5 ta eys zarbani ijro etdi.
Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. WTA reytingida 27-o’rinni egallab turgan Badosa faoliyatidagi ikkinchi sovringa ega chiqdi. BNP Paribas Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Paulaga 1,209,730 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.