Tennis

Rafael Nadal Barselonada finalga chiqdi

72

Barcelona Open Banc Sabadell turnirida final ishtirokchilari malum bo’ldi. Birinchi yarim final uchrashuvida sayyoramizning uchinchi raketkasi Rafael Nadal reytingning 13-pog’onasidan joy olib turgan vatandoshi Pablo Karreno-Bustani mag’lubiyatga uchratdi – 6/3, 6/2.

Bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etgan bahsda Rafa 3 ta, Pablo 4 ta eys zarbasini ijro etgan. Ispaniyaliklarning o’zaro uchrashuvlarida Nadal katta farq bilan oldinda bormoqda – 8:0. 

Fikr bildirish