Sayyoramizning 26-raketkasi Simona Xalep musobaqaning uchinchi davrasida reytingda o’zidan 9 pog’ona yuqorida borayotgan amerikalik 18 yoshli Kori Goffni 6/3, 6/4 hisobida taslim eta oldi.
Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda 30 yoshli Xalep 1 ta, Goff esa 2 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o’zaro ikkinchi uchrashuvida ham Simona raqibasidan ustun keldi. Endi Xalep BNP Paribas Open turnirining to’rtinchi davrasida ruminiyalik Sorana Kirstyaga qarshi kortga chiqadi.