Sayyoramizning uchinchi raketkasi bo’lib turgan belaruslik Arina Sobolenko National Bank Open turnirining yarim final uchrashuvida reytingda o’zidan uch pog’ona yuqorida turgan chexiyalik Karolina Plishkovaga 3/6, 4/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Karolina 10 ta, Arina esa 5 ta eys zarbasini ijro etdi. Ushbu to’qnashuvdan so’ng tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 2:2.