WTA Finals turnirining ilk uchrashuvida sayyoramizning sakkizinchi raqamli tennis malikasi, estoniyalik Anett Kontaveyt dunyoning uchinchi raketkasi, chexiyalik Barbora Kreychikovani mag’lubiyatga uchratdi – 6/3, 6/4.
Bir soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Anett 8 ta, Barbora esa 2 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennis malikalarining o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi.